проверенная компания
Поиск
Время работы
  • Понедельник. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Вторник. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Среда. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Четверг. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Пятница. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Суббота.
    выходной
  • Воскресенье.
    выходной
Новости
SOHA FIDOYILARI TAQDIRLANDI
27.06.2016 | Новости

27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositlari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida bayram tadbiri o‘tkazildi.   Mana, 23 yildirki, yurtimizda milliy matbuotimiz fidoyilarining kasb bayrami keng miqyosda, umumxalq bayrami darajasida nishonlab kelinmoqda. Zero, bu axborot va so‘z erkinligining amaldagi ifodasi, fuqarolarimizni O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab berilgan haq-huquqlarini ta'minlashning muhim shartlaridan biridir. Ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa sohasining jamiyatdagi o‘rniga munosib baho berilayotgani, bugun ushbu sohadagi islohotlar ko‘lami va miqyosidan ham ma'lum.   Bayram munosabati bilan ushbu sharafli kasb bilan o‘z hayotini bog‘lagan, yillar davomida ommaviy axborot vositalari hamda nashriyot-matbaachilik sohalarida samarali mehnat qilib, yuksak natijalarga erishgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.    Mamlakatimiz hayotidagi voqyelikni, amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida izchil va haqqoniy yoritishdagi faol ishtiroki, matbaa va noshirlik sohasini rivojlantirish, xalqimizning madaniyati va ma'naviyatini  yuksaltirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi, shuningdek, sohadagi samarali mehnatlari uchun hamda 27  iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan,   

1.  Kan Artur Singukovich - Litsenziyalashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i;  

2. Xashimov Suxrob Turaxo‘jayevich - Matbaa korxonalarini sertifikatlash va standartlashtirish  masalalari  bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;  

3. Mirkomilov Jamshid Yusupovich  - Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;  

4. Shomurodov Bahodir Ravshan o‘g‘li - Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;  

5.  Zakirov Nodirbek Behzodovich -  Matbaa korxonalarini sertifikatlash va standartlashtirish  masalalari  bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;  

6. Imamov Rasul Rustamovich - AKTlarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus bo‘lim tarmoqlar va serverlarni ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish operatoriAgentlikning Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Manba: api.uz

Поделиться:
Цену на товар Вы можете уточнить у поставщика по телефону
Цену на товар Вы можете уточнить у поставщика по телефонам
+(99871) 2441045
+(99871) 2445855
+(99871) 2442052
или написав им письмо