проверенная компания
Поиск
Время работы
  • Понедельник. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Вторник. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Среда. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Четверг. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Пятница. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Суббота.
    выходной
  • Воскресенье.
    выходной
Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida qonun
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO'G'RISIDA QONUN

FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO'G'RISIDA QONUN

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI (yangi tahriri)

 

I. UMUMIY QOIDALAR 

 

1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun fuqarolarning davlat organlariga, muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 

2-modda.Fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari

Fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.


3-modda.Fuqarolarning murojaat etish huquqi

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.

Fuqarolarning murojaat ztish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.

Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.

Fuqarolar tomonidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.

Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni ko'rib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan bo'lsa, ushbu Qonunga muvofiq ko'rib chiqilmaydi.


4-modda.Fuqarolarning murojaatlari shakllari

Fuqarolarning murojaatlari og'zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og'zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.

Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin. 

5-modda.Fuqarolarning murojaatlari turlari

Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Ariza fuqarolarning o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.

Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o'z ichiga olgan murojaatidir.

Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to'g'risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.


6-modda.Fuqarolarning murojaatlariga qo'yiladigai talablar

Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak.

YOzma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo'lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo'yiladi.

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo qo'yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.


7-modda.Fuqarolarning murojaatlari va ommaviy axborot vositalari

Fuqarolarning davlat organlariga gazetalar, jurnallar, televidenie, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari tahririyatlari orqali kelib tushgan murojaatlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqiladi.

Fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga yo'llagan murojaatlaridan ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fikrini o'rganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.


8-modda.Fuqarolarni qabul qilish

Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish tashkil etiladi. Fuqarolarni qabul qilish rahbar yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida alohida bo'linmalar tuzilishi mumkin, fuqarolarni qabul qilish uchun mas'ul mansabdor shaxslar belgilab qo'yiladi.

Qabul belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda o'tkaziladi. Qabul jadvali fuqarolar e'tiboriga yetkaziladi.

Fuqaro og'zaki murojaat etayotganda o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko'rsatishi kerak.

Fuqaroni qabul qilish, agar uning bir necha bor qilgan murojaati asossiz, qonunga xilof xususiyatda bo'lsa yoki uning murojaati bo'yicha qaror qabul qilib bo'lingan bo'lsa, rad etilishi mumkin.

Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.


9-modda.Fuqarolarning murojaatlari bo'yicha ish yuritish

Davlat organlarida fuqarolarning murojaatlari bo'yicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi. 

II. FUQAROLARNING MUROJAAT ETISh HUQUQLARI KAFOLATLARI


10-modda.Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda ixtiyoriylik

Fuqarolarning murojaat etish huquqi ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Hech kim biron bir murojaatni himoya etishga yoki unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.


11-modda.Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda kamsitishga yo'l qo'yilmasligi

Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda ularni jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitish taqiqlanadi.


12-modda.Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko'rib chiqishning majburiyligi

Fuqarolarning murojaatlari albatta qabul qilinishi va ko'rib chiqilishi kerak, ushbu Qonun 6-moddasining uchinchi qisimdanazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Fuqaro uning murojaatini qabul qilish va ko'rib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat berishga haqli.  

13-modda.Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan ayon bo'lib qolgan ma'lumotlarning oshkor etilishiga yo'l qo'yilmasligi

Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqishda fuqarolarniig shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat siri yohud qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir hisoblangan ma'lumotlar va, agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo'lsa, boshqa axborotlar davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Murojaatga taalluqli bo'lmagan, fuqaroning shaxsiga doir ma'lumotlarni surishtirib bilishga yo'l qo'yilmaydi.

Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir biron bir ma'lumot oshkor etilmasligi kerak.


14-modda.Fuqarolarning murojaat etishi munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari

Fuqarolarni hamda ularning oila a'zolarini o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganliklari uchun ta'qib qilish man etiladi.

III. FUQAROLARNING ARIZALAR, TAKLIFLAR VA ShIKOYaTLAR BERISh TARTIBI HAMDA ULARNI KO'RIB ChIQISh 

15-modda.Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish tartibi

Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo'yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o'z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko'zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.  

16-modda.Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish muddatlari

Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar berishi uchun muddat belgilanmaydi. Ayrim hollarda muayyan davlat organining ariza, taklif va shikoyatni ko'rib chiqish imkoniyatiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini o'z vaqtida ro'yobga chiqarish, ularning qonuniy manfaatlari himoya etilishini ta'minlash zaruratiga bog'liq bo'lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra, bunday davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlarni berish muddati belgilanishi mumkin.

 

Поделиться:
Цену на товар Вы можете уточнить у поставщика по телефону
Цену на товар Вы можете уточнить у поставщика по телефонам
+(99871) 2441045
+(99871) 2445855
+(99871) 2442052
или написав им письмо