Tasdiqlangan korxona
Qidiruv
Ish vaqti
  • Dushanba. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Seshanba. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Chorshanba. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Payshanba. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Juma. 09:00 - 18:0013:00 - 14:00
  • Shanba.
    dam olish
  • Yakshanba.
    dam olish
100
RESPUBLIKA “KITOB BAYRAMI”NING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
06.06.2016 | 100

Bugun 26 may kuni soat 10.00dan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida «Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» BO‘LIB O‘TDI

 

Ushbu ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Respublika «Kitob bayrami» o‘ztkazilishining asosiy maqsadi o‘zbek adabiyoti orqali xalq ma'naviyatini yuksaltirish hamda adabiyotga, ma'naviyatga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulug‘lashga davlat darajasida berilayotgan e'tiborni keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodning ongu shuuriga istiqlol g‘oyalarini singdirish va Ona Vatanga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish, yoshlarni intellektual rivojlangan va ma'nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga va kitob mutolaasi madaniyatiga e'tiborini kuchaytirish, kitob o‘qish an'analarini targ‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirishdan iborat.   Respublika «Kitob bayrami»da 150 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari ishtirok etmoqdalar.   Respublika «Kitob bayrami»ning Bosh ochilish marosimi Toshkent shahrining G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.   G‘.G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i «Kitob bayrami» munosabati bilan kitobni va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi hikmatli so‘zlari yozilgan va mehmonlarga bayramona kayfiyat ato etuvchi pannolar bilan bezatilgan. Bayram tantanalari karnay-surnay sadolari bilan boshlandi.   «Kitob bayrami»ning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.    O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston halq shoiri Sirojiddin Sayyid Respublika «Kitob bayrami»ni ochib berdi.    So‘ng Agentlik Bosh direktori A. Yunusov so‘zga chiqib amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jahon e'tirof etayotgan ulkan muvaffaqiyatlar, xususan milliy ma'naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashga, halqimizning, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy yuksalishiga davlat darajasida berilayotgan yuksak e'tibor hamda xalqimizning yaxshi fazilatlaridan biri - uning kitobga bo‘lgan ehtiromi ekani haqida nashriyotlar faoliyati, rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida qisqacha ma'lumot berib, bayram ishtirokchilarini tabrikladi.   Tadbirda ishtirokchilarini tabriklaganlar orasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S. Otamuratov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovlar ishtirok etib, so‘zga chiqdilar.   Shundan so‘ng bayramga taklif etilgan faxriy mehmonlar tashkilotchilar bilan birgalikdagi nashriyotlar ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. Tanishuv jarayonida ishtirokchi nashriyotlar o‘z faoliyatlari haqida qisqacha ma'lumotlar berib o‘tdilar. 
Поделиться:
Цену на товар Вы можете уточнить у поставщика по телефону
Цену на товар Вы можете уточнить у поставщика по телефонам
+(99871) 2441045
+(99871) 2445855
+(99871) 2442052
yoki xat yozib bilishingiz mumkin